Sifat – bu barchasidan ustuni

Tarix

Urban Store do’konlar tarmog’ining tarixi 2014 yil Taras Shevchenko ko’chasining burchagida joylashgan unchalik katta bo’lmagan o’yinchoqlar do’konidan boshlangan. Bir yil o’tib kompaniya birinchi marotaba dunyoga mashhur LEGO konstruktorlar ishlab chiqaruvchisi bilan shartnoma imzolaydi. 2016 yil 1 aprelda O’zbekistonda ilk bor LEGO rasmiy do’koni ochiladi. Shu yilning 8 aprelida esa Urban Store kiyim-kechak va poyafzal multibrend do’konining ochilishi bo’lib o’tadi. Ushbu do’konda New Balance, Converce, Nike, Toms, Do Go va boshqa brendlarning to’plamlari taqdim etilgan edi.

Yillar o’tib kiyim-kechak va o’yinchoqlar do’konlarii gullab yashnadi va Toshkent aholisining ko’nglidan joy oldi.

Shunday qilib, 2018 yilning 27 yanvarida Timberland brendining O’zbekistondagi ilk rasmiy do’koni ochilishi bo’lib o’tadi. O’sha yilning 20 iyunida esa «Samarqand Darvoza» savdo markazida Timberland brendining ikkinchi rasmiy do’koni haridorlarga o’z eshigini ochadi.

2019 yilning 10 avgust kuni Portugaliyaning Sacoor Brothers brendining butik do’koni ochilishi Muqimiy 20/1 manzilida bo’lib o’tadi.

Maqsadlar

 

Bizning kompaniyaning maqsadlari: O’zbekiston aholisini qulay shopping bilan ta’minlash, brendlar tanlovini kengaytirish, haridorlarga tanlov imkoniyatini berish, jahon trendlari va moda bilan hamnafas bo’lish.

 

Vazifalar

 

O’zbekistonda shopping hilma-hil va qulay bo’lishi, kutilgan yangiliklar va mavsum trendlari do’kon rastalariga ortiqcha kechikishsiz vaqtida keltirilishi kerak.