SACOOR BROTHERS

yuksak sifat va betakror dizaynni qadrlobchilar uchun yaratilgan Portugaliyaning yuqori klassli kiyim-kechak brendi.

Sacoor Brothersga 1989 yilda Lissabonda to’rt aka-ukalar tomonidan asos solingan. Ushbu brendning tarixi Portugaliya poytaxtidagi zamonaviy erkaklar kiyimlarining kichik do’konidan boshlanadi. Hozirda esa dunyoning 13 mamlakatida uning yuzdan ortiq do’konlari mavjud. Kompaniyaning mahsulotlari hozirga kelib bir necha segmentlarda namoyish etilgan: erkaklar, ayollar, bolalar kiyimlari, poyafzal va aksessuarlar.

To’plamlarning asosi betakror klassika bo’lib, yillar o’tgani sari ularda casual uslubidagi kiyim-kechaklar ko’proq paydo bo’lmoqda. Ammo dizaynerlar birlamchi qimmatbaho klassik uslubdagi kiyimlar g’oyasini birinchi o’ringa qo’yishadi.

Sacoor Brothers nafaqat sifatli kiyim-kechaklar bilan, balki haridorlarga yuksak darajadagi xizmat ko’rsatish tizimi bilan mashhur. Do’konda tikuvchi xonasi mavjud va u yerda kostyumlarni haridorlarning individual o’lchamlariga moslab tikib berish xizmati yo’lga qo’yilgan.

Sacoor Brothers – nafaqat Portugaliyaning, hamda Yevropaning erkaklar va ayollar uchun mo’ljallangan yetakchi brendlaridan biri.

2019 yildan esa Sacoor Brothers do’koni Toshkent shaxrida o’z eshiklarini ochdi.