Timberland

Ha, aynan o’sha sariq botinkalar!

Timberland brendining asoschisi Natan Shvarts bo’lib, u tomonidan noyob tikuvsiz quyma texnologiya ishlab chiqarilgan. Aynan ushbu texnologiya barcha turdagi ob-havo sharoitiga bardosh beradigan universal poyafzallarning negizi hisoblanadi.

 

1973 yilda kompaniya shu kungacha saqlanib kelayotgan rasmiy nomga ega bo’ladi.

1980 yilda Timberlandning Yevropadagi birinchi ishlab chiqarishi yo’lga qo’yiladi va shu yildan boshlab kompaniya xalqaro mavqega ega bo’ladi.

Dastlab, ishlab chiqarishi suv o’tmas botinkalarga ihtisoslashtirilgan bo’lib, hozirda brend zamonaviy kiyim-kechak va aksessuarlar tarmog’iga ham ega.
Timberland o’z egasining qulayligi va havfsizligi haqida qayg’uruvchi mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ishlab chiqariladigan mahsulotlarining betakror dizayni va yuksak sifati tufayli ushbu brendga dunyo bozorida juda katta talab mavjud.